Yordam markazi
Testogen boʻyicha qoʻllanmalar, koʻrsatmalar va koʻp beriladigan savollar
Boʻlimlar
Boshlash
Roʻyxatdan oʻtish va birinchi test
Test sozlamalari
Variantlar, kirish, baholash, vaqt va halollik
Testni oʻtkazish
Faollashtirish, versiyalar, joylashtirish va jonli kuzatuv
Natijalar va tahlil
Natijalar, qoʻlda baholash, statistika va sertifikatlar
Respondentlar
Roʻyxatlar, profillar va natijalar tarixi
Tashkilot
Rollar, tarif va umumiy sozlamalar
Test topshiruvchilar uchun
Testni qanday topshirish va nosozliklar
Koʻp beriladigan savollar
Platformadan bepul foydalansa boʻladimi?
Ha. Bepul tarifda testlar yaratish, ularni oʻtkazish va natijalarni tahlil qilish mumkin; limitlar Tariflar sahifasida koʻrsatilgan.
Respondentlar roʻyxatdan oʻtishi kerakmi?
Yoʻq. Respondentlar test havolasini ochib, siz soʻragan maydonlarni toʻldiradi va testni boshlaydi. Hisob ochish shart emas.
Test telefonda ishlaydimi?
Ha. Test sahifasi 360 piksel kenglikdagi ekranlarga ham moslashgan, internet uzilsa javoblar telefonda saqlanib turadi.
Lotin va kirill yozuvida yozilgan javoblar bir xil hisoblanadimi?
Ha, qisqa javoblarda bu sozlama odatda yoqilgan: Buxoro va Бухоро teng. Apostrof turlari (o', oʻ, o‘) ham bir xil hisoblanadi. Batafsil — Ball berish qoidalari.
Test faol boʻlganda savoldagi xatoni qanday tuzataman?
Yangi versiya yarating, savolni tuzating va eʼlon qiling. Yangi respondentlar tuzatilgan versiyani oladi, oldingi natijalar oʻz versiyasida qoladi. Batafsil — Versiyalar.
Natijalar limiti tugasa nima boʻladi?
Javoblar yoʻqolmaydi: ular saqlanadi va «limitdan ortiq» deb belgilanadi. Limitga yaqinlashganda oldindan ogohlantirish beriladi.
Koʻchirishning oldini olish mumkinmi?
Savollar va variantlarni aralashtirish, har bir respondentga tasodifiy savollar berish, vaqt chegarasi va halollik nazorati koʻchirishni sezilarli qiyinlashtiradi. Batafsil — Halollik nazorati.
Natijalarni Excelʼga chiqarsa boʻladimi?
Ha, natijalar sahifasida filtrlangan natijalarni Excel yoki CSV formatida yuklab olish mumkin.
Arabcha matn bilan ishlasa boʻladimi?
Ha. Savol va javoblarda arabcha matn oʻngdan chapga toʻgʻri koʻrsatiladi, sertifikatlarda ham toʻgʻri chiqadi.
Maʼlumotlarim xavfsizmi?
Ulanish shifrlangan, parollar xeshlangan holda saqlanadi, natijalarni faqat tashkilotingizdagi huquqi bor xodimlar koʻradi. Batafsil — Maxfiylik siyosati.
Javob topmadingizmi?
Savolingizni yozing — ish kunlari davomida javob beramiz.