Tarif va limitlar
Saqlangan natijalar, faol testlar va foydalanuvchilar limiti.
Har bir tarifda uchta limit bor: saqlangan natijalar soni, bir vaqtda faol testlar soni va foydalanuvchilar soni. Joriy foydalanish Sozlamalar sahifasida koʻrinadi. Tariflar roʻyxati — Tariflar sahifasida.
Limitga yetganda
- Limitning 80% va 95% qismiga yetganda ogohlantirish chiqadi.
- Natijalar limiti tugasa ham respondentlarning javoblari yoʻqolmaydi: ular saqlanadi va «limitdan ortiq» deb belgilanadi.
- Faol testlar limitiga yetilsa, yangi testni faollashtirish uchun boshqasini yakunlang yoki tarifni oshiring.
- Foydalanuvchilar limitiga aʼzolar bilan birga hali qabul qilinmagan taklifnomalar ham kiradi.
Mashq rejimidagi natijalar limitga qoʻshilmaydi.
Tegishli maqolalar
Javob topmadingizmi?
Savolingizni yozing — ish kunlari davomida javob beramiz.