Yangi test yaratishning toʻrt usuli
Boʻsh test, tayyor shablon, fayldan import va matndan avtomatik yaratish.
Yangi test tugmasi ikki qadamli oynani ochadi: avval testni qanday boshlashni tanlaysiz, keyin asosiy maʼlumotlarni kiritasiz.
| Usul | Qachon qulay |
|---|---|
| Boʻsh test | Savollarni oʻzingiz yozmoqchi boʻlsangiz. |
| Shablondan | Tayyor tuzilma kerak boʻlsa: nazorat ishi, soʻrovnoma yoki namuna test. |
| Import qilish | Savollar Excel, CSV, Word, GIFT (Moodle) yoki Aiken faylida tayyor boʻlsa. |
| Matndan yaratish (AI) | Darslik yoki maʼruza matnidan savollar tayyorlamoqchi boʻlsangiz. Bu imkoniyat administrator yoqqan boʻlsagina ishlaydi. |
Asosiy maʼlumotlar
- Test nomi — respondentlar koʻradigan nom.
- Toifa — testlarni saralash uchun. Nomga qarab toifa tavsiya qilinadi.
- Test tili — respondent sahifasi shu tilda ochiladi.
- Teglar — qidiruvni osonlashtiradi.
AI yordamida yaratilgan savollarni albatta tekshiring: toʻgʻri javoblar va diniy atamalar aniqligi uchun javobgarlik muallifda qoladi.
Tegishli maqolalar
Javob topmadingizmi?
Savolingizni yozing — ish kunlari davomida javob beramiz.